Qodirov o‘g‘li bilan bog‘liq mish-mishlar fonida uning videosini e’lon qildi (video)
Olam
−
17 yanvar 38558 1 daqiqa
Checheniston rahbarining yordamchisi va respublika Xavfsizlik kengashi kotibi Adam Qodirov respublikaning kuch tuzilmalari rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqdagi videoni uning otasi, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zining Telegram-kanalida e’lon qildi.
Qayd etilishicha, yig‘ilishda Chechenistonda bo‘lib o‘tadigan bo‘lajak saylovlarga tayyorgarlik, saylov jarayoni davomida aholi xavfsizligini ta’minlash, ekstremizmning oldini olish va unga qarshi kurashish choralari, shuningdek, maxsus harbiy operatsiyada ishtirok etayotgan chechen bo‘linmalarining joriy faoliyati muhokama qilingan.
Bundan tashqari, yig‘ilish ishtirokchilari maxsus harbiy operatsiya hududida joylashgan chechen bo‘linmalarining mas’uliyat zonalaridagi vaziyatni batafsil tahlil qilgan. Yig‘ilish qachon o‘tkazilgani ma’lum qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ayrim Checheniston Telegram-kanallarida respublika rahbari Ramzan Qodirovning o‘g‘li Adam Qodirov Grozniyda yo‘l-transport hodisasiga uchragani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ularning ma’lumotiga ko‘ra, Adam Qodirov jarohat olib, shifoxonaga yetkazilgan. Xabarlarda, shuningdek, jabrlanuvchini Moskvaga olib ketishgani aytilgan.
Live
Barchasi