Ramzan Qodirov o‘g‘li avtohalokatga uchraganini rad etdi

Olam

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘g‘li va mintaqa Xavfsizlik kengashi kotibi Adam Qodirov ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi haqidagi ma’lumotni “soxta tashviqot” deb atadi. Bu haqda u kecha, 9 fevral kuni respublika prokurori Arsan Adayev bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

“Sun’iy intellekt yordamida istalgan odamni aldash mumkin. Mamlakat bo‘yicha 128 mingta avariya sodir bo‘ldi, 13 009 kishi halok bo‘ldi, lekin bunga hech kimning ishi yo‘q, hech kim hech narsa demayapti. Qayerdandir paydo bo‘lgan Qodirovning o‘g‘li ishtirokidagi avariya haqidagi tashviqot esa dunyo yangiliklarida birinchi o‘ringa chiqdi”, deydi Checheniston rahbari.

U shuningdek, mintaqada internet tarmog‘idagi jinoyatlarga qarshi kurash choralarini kuchaytirish rejalari haqida ham ma’lum qildi.

“Soxta xabarlarga qarshi kurash dolzarbligi alohida o‘rin tutadi. Bu mavzu butun mamlakat uchun juda muhim, biroq respublikamizga oid ishonchsiz ma’lumotlar negadir doimo media sohasida alohida shov-shuvga sabab bo‘ladi”, deya qo‘shimcha qilgan Qodirov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ayrim Checheniston Telegram-kanallarida respublika rahbari Ramzan Qodirovning o‘g‘li Adam Qodirov Grozniyda yo‘l-transport hodisasiga uchragani haqida xabarlar tarqalgan edi. Keyinroq Ramzan o‘g‘li respublikaning kuch tuzilmalari rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkazgani haqidagi videoni e’lon qildi. Biroq, Adam Qodirov shundan buyon jamoatchilikka ko‘rinish bermadi.


Maqola muallifi

Teglar

avtohalokat Ramzan Qodirov Adam Qodirov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing