Qodirov Ukrainada chechen askarlarining o‘limi haqidagi ma’lumotni rad etdi

Olam

image

Ukrainada bir guruh chechen harbiy xizmatchilari, jumladan, qo‘mondonlar Magomed Tushayev va Anzor Bisayev yo‘q qilingani haqidagi ma’lumotlar yolg‘on. Bu haqda Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ma’lum qildi.

Qodirov bunday xabarlarni "bandera propagandasi" ruhidagi soxta xabarlar deb atadi. U harbiy xizmatchilar bilan shaxsan bog‘langan, askarlarning barchasi tirik.

“Men jangchilarimiz bilan aloqadaman. Ular soppa-sog‘. Askarlar kuniga atigi 24 soat borligidan juda afsusda. Aks holda operatsiya bugun yakunlanishi mumkin edi. Ular issiq, yaxshi oziqlangan va himoyalangan. Yaqinda bolali ayollar yigitlarimizga murojaat qilib, oziq-ovqat, turar joy masalasida yordam so‘radi. Tabiiyki, ularga yordam berildi va zarurat tug‘ilsa, yordam beriladi. Bunday odamlarning og‘zidan minnatdorchilik va rus harbiylarini bezori deb o‘ylab, adashganliklarini eshitish juda yoqimli. Takror aytaman, chechenlar orasidagi yo‘qotishlar hozircha yo‘q. Tinch aholi bizning yigitlarimizga yordam so‘rab murojaat qilishlari mumkin - ular yordam beradi, ovqatlantiradi”, deydi Qodirov.

Avvalroq, Ramzan Qodirov Ukrainadagi urushga yuborgan askarlari orasida ikki kishi halok bo‘lgani va yana olti kishi turli darajada jarohat olganini ma’lum qilgandi.

Shuningdek, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni o‘ldirish uchun kelgan chechen harbiylari yo‘q qilingani ham aytilgandi.

Rossiyaning Ukrainaga bosqini

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

76

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing