Qobul butunlay suvsiz qolishi mumkinligi aytildi

Olam

image

Afg‘oniston poytaxti Qobul tez kunlarda suvsiz qolishi mumkin. Bu haqda Qobul meri Hamdulla Nomani ma’lum qildi.  

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu holat o‘nlab yillar davom etgan qurolli to‘qnashuvlar, global iqlim o‘zgarishi va suv ta’minoti tizimining yomon boshqarilishi natijasida yuzaga kelgan. 

“Suv yetishmasligi holati kundan-kunga yomonlashib bormoqda. Biz shahar butunlay suvsiz qolishidan qo‘rqamiz”, degan shahar meri. 

Nomanining aytishicha, hukumat inqirozni hal qilish uchun yetkazib beruvchi kompaniyalar bilan muzokara o‘tkazishni rejalashtirmoqda. 

AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, afg‘onlarning atigi 42 foizi toza ichimlik suvi bilan ta’minlangan. Jahon oziq-ovqat dasturiga ko‘ra, agar Afg‘oniston rahbariyati suv ta’minoti muammosiga jiddiy yondashmasa, mamlakat katta ocharchilikka duch keladi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 15 avgust kuni mamlakatda hokimiyatni egallagan toliblar, 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligini tuzdi. Joriy yilning 6 sentyabr kuni “Tolibon”ga bo‘ysunmay turgan yagona viloyat – Panjsher egallangach, 7 sentyabr kuni harakat rahbarlari muvaqqatni shakllantirdi


Maqola muallifi

Teglar

Qobul suv

Baholaganlar

114

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing