Qobul aeroporti yaqinida yana portlash sodir bo‘ldi (video)
Olam
−
29 avgust 2021 9330 1 daqiqa
Bugun, 29 avgust kuni Afg‘oniston poytaxta Qobulda yana portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda “France Press” agentligi xabar tarqatdi.
Portlash tafsilotlari hozircha ma’lum emas. Ammo hodisa Qobul aeroporti yaqinida sodir bo‘lgan.
OAVdagi ma’lumotlarga ko‘ra, portlash turar-joy binosiga berilgan raketa zarbasi oqibatida kelib chiqqan. Hodisa qurbonlari va jabrlanuvchilari haqida ma’lumot mavjud emas.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 26 avgust kuni Qobul aeroporti yaqinida qator portlashlar sodir bo‘lgandi. Hodisada 100 dan ortiq odam, jumladan 13 nafar AQSH harbiysi halok bo‘ldi. Portlash uchun javobgarlik ISHIDning Afg‘onistondagi shoxobchasi "Xuroson islom davlati" o‘z zimmasiga oldi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr