Qit’a chempionatida o‘zbek bokschilari yana 5 ta yarim final chiptasini naqd qilishdi
Sport
−
07 noyabr 2022
3653Ayni kunlarda Iordaniya poytaxti Amman shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda. 6 noyabr kungi dasturda yetti nafar o‘zbek bokschisi ringga ko‘tarildi.
-54 kg vazn toifasida Shahzod Muzaffarov chorak finalda eronlik Mehdi Xusravini mutlaq ustunlik bilan mag‘lubiyatga uchratdi. -57 kda Abdumalik Xalakov ham eronlik bokschi Sajad Muhammadpursamaringa qarshi ringga chiqib, g‘alabaga erishdi. -60 kgda Adhamjon Muhiddinov Tailand vakili Xunatip Pidnuchdan ustun keldi. -63,5 kgda esa Ruslan Abdullayev chorak finalda filippinlik Jeyms Palitsega hech qanday imkoniyat qoldirmadi. O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi vakillaridan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev -67 kgda hindistonlik Amit Kumarga qarshi bahs olib bordi va hakamlar qaroriga muvofiq 5:0 hisobida g‘alabaga erishdi.
Kechagi kungi bahslarda O‘zbekiston ayollar terma jamoasiga omad kulib boqmadi. -48 kgda Farzona Fozilova, -60 kg vazn toifasida Dilfuza Bekova o‘z janglarida imkoniyatni boy berib, turnirdagi ishtiroklarini yakunlashdi.
Ma’lumot uchun, Osiyo chempionati bahslari 13 noyabrga qadar bo‘lib o‘tadi
LiveBarchasi