Qishloqlarda 24 soat ishlaydigan vrachlik punktlarini tashkil etish taklif qilindi
Jamiyat
−
13 aprel 2020
4904“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portaliga “Shahar va qishloqlarda 24 soat davomida ishlaydigan (bolalar pediatori) vrachlik punktlarini tashkil etish haqida”gi petitsiya joylashtirildi.
Ta’kidlanishicha, Marg‘ilon shahrida bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatadigan muassasalarning soni kam. Mavjudlarining ham ish vaqti umumiy asosda belgilangan.
Aksariyat hollarda bolalarda kasallik huruji sutkaning tun vaqtiga to‘g‘ri keladi. Shunday paytlarda Marg‘ilon shahar, Soy bo‘yi ko‘chasida joylashgan bolalar shifoxonasida navbatlar ko‘payib, bolalarni hattoki statsionar davolanishga ham olib qolish uchun sharoitlar yo‘q.
“Tungi vaqtlarda shifokorlar yetishmaydi. Navbatchilikda qolgan atigi 3 yoki 4 ta shifokor navbatda turgan odamlarga xizmat ko‘rsata olmaydi. Ularning ko‘pchiligi ham pediatr emas”, deyiladi xabarda.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, shahar va qishloqlarda 24 soat davomida ishlaydigan (bolalar pediator) vrachlik punktlarini tashkil etish taklif qilingan.
LiveBarchasi