O‘zbekistonda innovatsion universitet tashkil qilish taklif qilindi

Jamiyat

image

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portaliga “O‘zbekiston ilg‘or texnologiyalar innovatsion universiteti”ni tashkil etish haqida”gi petitsiya joylashtirildi.

Murojaatda belgilanishicha, bugungi kunda raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, biotexnologiya, ilg‘or texnik ishlanmalar va materiallar insoniyat kelajagi ekanligi hammaga ma’lum. Lekin bunday texnologiyalar sanoqli davlatlardagina ishlab chiqariladi. 

O‘zbekiston esa texnik tuzilmalarni asosan import qiladi. Buning uchun milliardlab dollar mablag‘ sarflanadi. 

“Birgina tibbiyot sohasini olsak, oddiy gemoglobin miqdorini aniqlash uchun ishlatiladigan apparatlar minglab dollar turadi. Agar bularni o‘zimiz ishlab chiqarsak va eksport qilsak, byudjetga katta foyda qilamiz. O‘n minglab ishchi o‘rinlari yaratiladi”, deyiladi petitsiyada.

Shularni hisobga olib, “O‘zbekiston ilg‘or texnologiyalar innovatsion universiteti”ni tashkil etishni, unda sun’iy ong, maishiy texnologiyalar, avtotexnologiyalar, tibbiy texnologiyalar, harbiy texnologiyalar, robotatexnologiyalar, biotexnologiyalar, materiallar texnologiyasi va ularga dasturiy ta’minot ishlab chiquvchi fakultetlarini tashkil qilishni hamda ularga xorijdagi yetuk olimlarini jalb qilish taklif qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

OTM petitsiya

Baholaganlar

33

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing