Maktablarda yangi fan joriy etilishi mumkin
Jamiyat
−
13 aprel 2020 11582 1 daqiqa
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portaliga “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Orfografiya va punktuatsiya” fanini joriy etish haqida”gi petitsiya joylashtirildi.
“Til – millat ko‘zgusi. Albatta, har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadigan asosiy vositalaridan biri bu, shubhasiz, adabiy tilidir. Adabiy tilga hurmat esa uni to‘g‘ri yozishdan boshlanadi.
Biz esa hozirgacha ayrim so‘zlarni xato yozamiz va bu hol jamiyatning barcha qatlamlarida shakllangan. Nima uchun shunday bo‘lgan? Chunki, shu paytgacha maktablarda to‘g‘ri yozishni o‘rgatadigan maxsus fan bo‘lmagan. Ona tili fani-chi, deyishingiz mumkin.
Birgina ona tili fani bilan to‘g‘ri yozish malakasini egallay olmayapmiz. Mazkur fanni ta’limning asosiy bosqichi bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim tizimida joriy etsak, savodsizlikning oldini olgan bo‘lamiz, deb hisoblayman”, deyiladi murojaatda.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, umumiy o‘rta ta’lim tizimida “Orfografiya va punktuatsiya” fanini joriy etish taklif qilingan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025