Qishloq xo‘jaligiga juda katta talafot yetgan – Shavkat Mirziyoyev

Jamiyat

image
Har kuni o‘lim bilan kurashgandik – Shavkat Mirziyoyev Kogondagi portlashlarni yodga oldi north_east

Har kuni o‘lim bilan kurashgandik – Shavkat Mirziyoyev Kogondagi portlashlarni yodga oldi

Xabaringiz bor, kecha, 28 aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoroga yopirilgan bo‘ron oqibatlari bilan tanishish uchun viloyatga bordi. Olot va Qorako‘l tumanlarini vertolyotda aylanib, Olot tumanida fuqarolar, mahalla faollari va oqsoqollar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Prezident kuchli shamol va yomg‘irdan zarar ko‘rgan yerlarda paxta yetishtirish mumkinligini aytib, xalqni bardam bo‘lishga chaqirdi.

“Qishloq xo‘jaligiga juda katta talafot yetgan. G‘alla kamroq bo‘ladi. Hech nimani o‘ylamanglar, g‘allani zahira qilib qo‘yaman. U iste’mol uchun kerak. G‘alla bo‘lmagan joyda obi-toib kelganda darrov paxta ekib yuboramiz. Mehnat qilamiz paxta bo‘ladi. Kutib o‘tirsak, kim bizga bir so‘m olib keladi, kim daromadimizni o‘ylaydi? Hech kim o‘ylamaydi. O‘zimiz o‘ylaymiz”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, 27 aprel kuni Turkmaniston hududidan kirib kelgan kuchli shamol natijasida Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida aholi xonadonlari va infratuzilma ob’ektlari zarar ko‘rdi. Tabiiy ofatdan keyin to‘rt viloyatda 140 mingga yaqin xonadon gaz ta’minotidan uzilib qoldi. Keyinroq ta’minot tiklandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Buxoro tabiiy ofat

Baholaganlar

188

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing