Qirol Charlz III Britaniyaning yangi Bosh vazirini qabul qildi
Olam
−
05 iyul
7463Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tgan saylovlarda g‘alaba qozongan Leyboristlar partiyasi rahbari Kir Starmer mamlakatning yangi Bosh vaziriga aylandi. Bu haqda Bukingem saroyi xabar berdi.
Torilarni parlament saylovida mag‘lub qilgan Kir Starmer bugun, 5 iyul kuni Qirol Charlz III qabulida bo‘lgan. Charlz III Starmerni tabriklab, uning faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi. Shuningdek, undan yangi ma’muriyatni shakllantirish so‘ralgan.
Shundan so‘ng, u Dauning-stritdagi qarorgohiga borib, yangi Bosh vazir sifatida xalqqa murojaat qildi.
“Men hozirgina Bukingem saroyidan qaytdim. Qirol hazratlarining taklifini qabul qildim. Menga keyingi hukumatni tuzish bo‘yicha topshiriq berildi. Ishdan bo‘shagan sobiq bosh vazir Rishi Sunakka minnatdorchilik bildiraman. Uning mamlakatimizning osiyolik birinchi bosh vaziri sifatidagi muvaffaqiyati e’tirofga loyiq. Shuningdek, uning rahbarligidagi fidoyiligi va mashaqqatli mehnatiga hurmat bajo keltiramiz. Ammo endi mamlakatimiz aholisi o‘zgarishlar, milliy yangilanish hamda siyosatning davlat xizmatiga qaytishi uchun qat’iy ovoz berdi. Biz ishga kirishmoqdamiz. Mening hukumatim sizga xizmat qiladi”, degan yangi hukumat rahbari.
Shu bilan Starmer Bosh vazir va G‘aznachilikning birinchi lordi sifatida ishga kirishmoqda.
Ma’lumot uchun, Starmer leyboristlardan saylangan yettinchi Bosh vazir, 14 yil ichidagi birinchi leyboristlar Bosh vazir bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Rishi Sunak milliy saylovlardagi mag‘lubiyatini tan olib, muxolifatdagi Leyboristlar partiyasi g‘alaba qozonganini aytgandi. Shuningdek, Konservativ partiya rahbari Dauning-strit 10-uyda joylashgan Bosh vazir qarorgohi oldida lavozimidan ketishini ma’lum qilgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr