Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi lavozimidan ozod etildi
Olam
−
28 Oktabr
4707Musa Jamanboyev Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi lavozimidan ozod etildi. Tegishli farmonni Prezident Sadir Japarov imzoladi.
Musa Jamanboyev 1978 yil 20 iyunda Chuy viloyatida tug‘ilgan. 2000 yilda Bishkek gumanitar universitetining sharqshunoslik va xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakultetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2000 yilda Tashqi ishlar vazirligi davlat protokoli xizmati kotibi yordamchisi sifatida boshlagan.
Keyin Tashqi ishlar vazirligi davlat protokol xizmati attashesi, Bosh vazirning Protokol yordamchisi, Bosh vazirning Protokol xizmati rahbari, Hukumat devonining xalqaro hamkorlik va protokol xizmati rahbari o‘rinbosari, Muvaqqat hukumat devonining xalqaro aloqalar bo‘limi eksperti, Xalqaro aloqalar va protokol bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari, Jogorku Kenesh devonining Protokol va pasport-viza xizmati boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
2017 yilda Jamanboyev Prezident ma’muriyati tashqi siyosat bo‘limining protokol sektori mudiri, 2021 yilda esa Prezident protokol xizmati rahbari etib tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, Jamanboyev 2022 yil aprelidan buyon O‘zbekistondagi elchi lavozimida ishlab kelayotgan edi. U 2022 yilning noyabrida Prezident Shavkat Mirziyoyevga ishonch yorliqlarini topshirgan.
LiveBarchasi