Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Jamiyat

image

Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi etib, Musa Jamanbayev tayinlandi. Bu haqda mamlakat Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi. 

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning tegishli farmoniga ko‘ra, Jamanboyev Musa Murataliyevich Qirg‘iziston Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil dekabridan buyon elchi lavozimida ishlab kelgan Ibragim Junusov joriy yil boshida diplomatik missiyasini yakunlagan edi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

30

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing