Qirg‘izistonliklarni “uxlatgan” o‘zbekistonlik aka-uka ustalar ushlandi
3-sahifa
−
16:06 2568 1 daqiqa
Qirg‘izistonning Botken viloyati Qadamjoy tumanida firibgarlikda gumonlanib 2023 yildan beri qidiruvda bo‘lgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yilda Oq-Tuproq qishlog‘i aholisi o‘zlariga tanish bo‘lgan shaxslar ustidan ariza bilan murojaat qilgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, erkaklar derazalar yasab berishni va’da qilib, pullarni olgan, ammo o‘z majburiyatlarini bajarmagan.
Tekshiruv davomida jabrlanuvchilarga yetkazilgan umumiy moddiy zarar 122 ming somdan oshgani aniqlangan. Holat yuzasidan “Firibgarlik” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, 2023 yilda esa gumonlanuvchilarga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.
Qadamjoy tuman IIB xodimlari gumonlanuvchilarning qayerda ekanini aniqlagan. Ular O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatida yashovchi, 1989 va 1991 yillarda tug‘ilgan aka-uka bo‘lib chiqqan.
Ikkalasi ham Qadamjoy tumani hududida qo‘lga olingan. Tergov tadbirlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Polsha Respublikasida qo‘lga olingan va ekstremistik yo‘nalishdagi jinoyatni sodir etganlikda ayblanib xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga ekstraditsiya qilingandi.
Live
Barchasi