Vahshiy qotillik: Farg‘onada aka-uka uy uchun ota-onasini o‘ldirdi

3-sahifa

image

Farg‘ona shahrida aka-uka uy uchun o‘z onasi va o‘gay otasini o‘ldirdi. Ulardan biri 13 yilga, yana biri esa umrbod qamaldi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.

Qayd etilishicha, aka-uka Farg‘ona shahridagi uyga egalik qilish maqsadida o‘zlarining onasi va o‘gay otasi hamda ukasini o‘ldirishni reja qilgan. 27 yoshli aka 2009 yilda tug‘ilgan ukasi bilan birga onasining Farg‘ona shahridagi uyiga borgan va ulardan biri bolalar xonasiga yashirinib olgan. Boshqasi esa o‘gay otasini tashqariga olib chiqib ketgan. Shu paytda sudlanuvchilardan biri onasiga hujum qilgan. Uni qo‘llari va elektr kabeli bilan bo‘g‘gan hamda boshiga shisha idish bilan urib, o‘ldirgan. Shundan so‘ng, u SMS orqali ukasiga xabar yuborib, o‘gay otasini ham uyga chaqirgan. Ular uyga kelganda yuvinish xonasida yashirinib o‘tirgan o‘g‘il oshxona pichog‘i bilan chiqib, o‘gay otasiga 12 marta zarba bergan.

Shundan so‘ng, aka-uka murdalarni yotoq divanining ichiga joylagan va o‘gay ukasini ham o‘ldirishni reja qilgan. O‘gay ukasi uyga qaytganda ular o‘z rejasini amalga oshira olmagan. Uka qattiq qarshilik qilib, qochishga erishgan. Shundan keyin aka-uka uydagi pullar va qimmatbaho buyumlarni olib, uydan chiqib ketgan.

Mazkur holat Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudida ko‘rib chiqilgan. Sud hukmiga ko‘ra, voyaga yetmagan sudlanuvchiga uzil-kesil 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Uning akasi esa umrbod ozodlikdan mahrum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida 29 yoshli o‘g‘il pul sabab kelib chiqqan janjal ortidan onasini bolta bilan o‘ldirgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing