Qirg‘izistonliklarga Rossiyaga bormaslik tavsiya qilindi

Olam

image

Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi o‘z fuqarolariga Rossiyaga sayohat qilishdan vaqtincha voz kechishni tavsiya qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, vazirlik uzrli sabablari bo‘lmagan fuqarolarga avval kiritilgan qo‘shimcha xavfsizlik choralari va davlat chegarasi orqali o‘tishda kuchaytirilgan nazorat rejimi bekor qilinmagunicha Rossiya Federatsiyasi hududiga chiqishdan vaqtincha tiyilishni maslahat bergan.

Vazirlikning xabarida hozircha mamlakat diplomatik vakolatxonalari va konsullik idoralariga qirg‘izistonliklarning Rossiyaga kirishini ommaviy cheklash haqida hech qanday signal bo‘lmagani ham qo‘shimcha qilingan.

“Shu bilan birga, Qirg‘iziston Hukumati va xorijiy vakolatxonalar Rossiyadagi mavjud vaziyatni kuzatib bormoqda”,  deyilgan murojaatda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 aprel kuni Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi respublika fuqarolariga Rossiya Federatsiyasiga bormaslikni tavsiya qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

TIV Rossiya Qirg'iziston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing