Qirg‘izistonliklarga 2025 yilgi Haj safari uchun kvota ajratildi
Olam
−
13 yanvar
3871Qirg‘izistonga 2025 yilda Haj safari uchun 6060 kvota ajratildi. Bu haqda Qirg‘iziston Musulmonlari diniy boshqarmasi xabar berdi.
Mamlakat muftiysi Abdulaziz Zokirov Saudiya Arabistoni Haj vaziri o‘rinbosari Abdul Fattoh bin Sulaymon bilan uchrashib, joriy yilda Haj ziyoratini tashkil etish masalasini muhokama qildi. Yig‘ilishda Haj ziyoratiga tayyorgarlik erta boshlangani qayd etildi.
Muftiy ziyoratchilarni turar joy, ovqatlanish va namozxonlik bilan ta’minlash ishlari boshlanganini aytdi. Uchrashuv yakunida tomonlar 2025 yilda Haj ziyoratini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarni imzoladi va Qirg‘izistonga joriy mavsum uchun 6060 kvota ajratilishini ma’lum qildi.
Yig‘ilishda Din ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasi direktori Azamat Yusupov, muftiy o‘rinbosari va “Haj-2025”ni tashkil etish shtab rahbari Yo‘ldoshbek Abdildayev, shuningdek, Haj va umra bo‘limi mutaxassisi Doston Nukunov ishtirok etgan.
Ma’lumot uchun, 2024 yilda 1,83 millionga yaqin ziyoratchi Haj ziyoratini ado etgan bo‘lsa, shundan 1,6 million nafari xorijliklardir.
LiveBarchasi
Dollar kursi pastladi.
16:15