Qirg‘izistondan keltirilgan katta miqdordagi psixotrop dorilar to‘xtatildi
3-sahifa
−
09:27 1017 1 daqiqa
Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida Gentra mashinasidan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari topildi. Bu haqda Davlat xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Gentra rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, mazkur shaharda istiqomat qiluvchi, 1994 yilda tug‘ilgan shaxsga tegishli Qirg‘iz Respublikasidan kontrabanda qilingan 2797 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
Ayni paytda ushbu fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 251-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda egallash) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish chorasi qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi bosh mutaxassisi kam ta’minlangan va ishsiz yoshlarni ish bilan ta’minlash uchun ajratilgan yerning bir qismini sotayotganda qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.
Aliqulov Javohir
Live
Barchasi