Qirg‘iziston musulmonlari idorasi Yangi yilni nishonlashga fatvo berdi

Olam

image
Abdulaziz Mansur Yangi yilni kutish va nishonlash haqidagi gaplarni rad etdi north_east

Abdulaziz Mansur Yangi yilni kutish va nishonlash haqidagi gaplarni rad etdi

Qirg‘iziston Musulmonlari diniy boshqarmasi mamlakatda Yangi yilni bayram qilish mumkinligiga doir fatvo e’lon qildi. Bu haqda "Elgezit" nashri xabar berdi.

Unda diniy ulamolar Qirg‘iziston qonunlarida belgilab qo‘yilgan rasmiy bayramlarga qarshi tashviqot olib bormasligi ta’kidlandi. Buyruqning bajarilishi muftiyat tizimida ishlovchi barcha diniy ulamolar zimmasiga yuklatildi.

Qirg‘izistonda ko‘plab mamlakatlar qatori 31 dekabrdan 1 yanvarga o‘tar kechasi milodiy sanaga ko‘ra Yangi yil nishonlanadi. Biroq, so‘nggi yillarda dindorlar tomonidan bu musulmonlar bayrami emas, shu sababli uni nishonlash kerak emas, degan fikrlar ko‘paydi. Har yili bayram arafasida bu masala yuzasidan bahslar avjiga chiqadi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Yangi yil

Baholaganlar

455

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing