Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila Andijonda sezildi
Jamiyat
−
14 aprel
4101Bugun, 14 aprel kuni soat 22:11 da Qirg‘iziston hududida 3,8 magnitudali yer qimirlashi sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Zilzila episentri Toshkentdan 312 km janubi-sharqda. Magnituda: 3,8. Chuqurligi: 10 km. Episentr: O‘sh, Qirg‘iziston Respublikasi.
Epitsentrda sezilish kuchi: 4 ball. O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
- Xo‘jaobod tumanida 3 ball, 16 km.
- Qo‘rg‘ontepa tumanida 3 ball, 22 km.
- Jalaquduq tumanida 3 ball, 23 km.
- Buloqboshi tumanida 2-3 ball, 28 km.
- Xonobod tumanida 2-3 ball, 30 km.
- Marhamat tumanida 2 ball, 43 km.
- Andijon tumanida 2 ball, 46 km.
- Andijon shahrida 2 ball, 52 km.
- Asaka tumanida 2 ball, 52 km.
- Paxtaobod tumanida 2 ball, 53 km.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston Respublikasining Tog‘li Badaxshon viloyatida 7 ballik zilzila sodir bo‘lgandi.