Qirg‘izistonda “Salimboyvachcha” bilan aloqador ikki kishi qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Qirg‘izistonda “Salimboyvachcha” nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev bilan aloqada bo‘lgan ikki shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda “Qirg‘iziston Sputnik” xabar berdi.

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarga tadbirkor Jalil Atambayev va sobiq deputat, bojxona xizmati sobiq rahbari Salaydin Aydarov O‘zbekiston jinoyat olami yetakchisi Salim Abduvaliyev bilan uchrashuvi aks etgan videolar sizdirilgan.

Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Atambayev o‘z biznes imperiyasini kengaytirish maqsadida “Salimboyvachcha” bilan yaqin aloqada bo‘lgan. U katta mablag‘ evaziga tadbirkorga homiylik va ko‘mak ko‘rsatgan. Shuningdek, ushbu jinoyatga Salaydin Aydarov ham sherik bo‘lgani aniqlangan.

Ma’lumot uchun, Toshkent shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudining hukmi bilan Salim Abduvaliyev 6 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Salim Abduvaliyevni qidiruvga bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston “Salimboyvochcha

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing