Qirg‘izistonda “Salimboyvachcha”ni moliyalashtirgan sobiq deputat qidiruvga berildi

Olam

image

Uyushgan jinoiy guruhlarni moliyalashtirish bo‘yicha olib borilayotgan tergov doirasida Qirg‘iziston Jogorku Keneshning sobiq deputati Nurgazi Adirayevich Aydarov qidiruvga berildi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xabar berdi.

Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, Nurgazi Aydarov xalqaro uyushgan jinoiy guruhlar a’zolari, jumladan, “Salimboyvachcha” nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyevning faoliyatini moliyalashtirish faktlari aniqlangan. 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Aydarov Abduvaliyevning noqonuniy faoliyati va “vor v zakone” Qamchi Asanbek (Qamchi Ko‘lboyev) bilan yaqin aloqalari haqida bilib, O‘zbekistonda bo‘lgan vaqtida unga har tomonlama hurmat-ehtirom ko‘rsatgan. O‘z navbatida, ular Nurgazi Aydarovni Qirg‘iziston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilgan tadbirkorlik va boshqa faoliyatga homiylik qilgan.

Bishkekning Oktyabr tuman sudi qarori bilan Aydarovga nisbatan sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlandi, u ham jinoiy javobgarlikka tortish uchun davlatlararo va Interpol orqali qidiruvga berildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonda  “Salimboyvachcha” bilan aloqada bo‘lgan tadbirkor Jalil Atambayev va sobiq deputat, bojxona xizmati sobiq rahbari Salaydin Aydarov qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing