Qirg‘izistonda Prezidentlar o‘zidan avvalgi rahbarni yomonlashi odatiy holga aylandi – Japarov

Olam

image

Qirg‘izistonda har bir yangi davlat rahbari respublikaning rivojlanishdan orqada qolish sababini o‘zidan oldingi rahbarlarda ko‘rdi, bu ular uchun odatiy holga aylandi. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov kecha, 21 mart kuni Ala-Too maydonida o‘tkazilgan Navro‘z bayramidagi chiqishida aytib o‘tdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, avvallari mamlakat taraqqiyotiga hech kim e’tibor bermagan. 

“Zamonimiz voqeliklari tezkor javob berish, qaror qabul qilish va harakat qilishni talab qiladi. 

Afsuski, bungacha katta-kichik hamma o‘zining bevosita burchini bajarishdan ko‘ra ko‘proq siyosat bilan band edi, xalq xo‘jaligini mustahkamlash masalalariga befarq qarab, bunga munosib ahamiyat bermas edi. Klanchilik, jamoachilik, qarindosh-urug‘chilik siyosati jamiyatning bosh og‘rig‘iga aylandi. Har bir yangi rahbar davlat rivojlanishidagi orqada qolish sababini o‘zidan oldingi rahbarlarda ko‘rdi, bu ular uchun odatiy holga aylandi. Biz buni to‘xtatishimiz kerak! Bularning barchasi rivojlanishga xalaqit berdi va biz hali ham oqibatlarini his qilyapmiz”, deydi u. 

U bugungi rahbarlik ostida mamlakat “taraqqiyot yo‘liga” tushganini ta’kidladi. 

“Hozir haqiqat boshqacha, dunyo jadal rivojlanmoqda, davlatlar yangi talab va muammolarga duch kelmoqda. Bu o‘zgarishlar fonida Qirg‘iziston o‘zini silkitib, yangicha fikrlash, yangicha qarashlarni shakllantirish yo‘lidan borishi kerak”, deydi Prezident.

Uning urg‘ulashicha, so‘nggi ikki yilda Qirg‘iziston o‘tish davrini yakunlab, rivojlanish yo‘liga o‘tgan.  

“Biz mamlakat rahbariyati sifatida xalq bizga ishonib topshirgan hamma narsani ishonch bilan bajarish majburiyatini olamiz!” deydi Japarov.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 fevral kuni BAAda Qirg‘iziston Prezident Sadir Japarov boshchiligida mamlakatning sobiq rahbarlari – Asqar Akayev, Qurmanbek Bakiyev, Roza Otunbayeva, Almazbek Atamboyev va Sooronbay Jeenbekov o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilgan. Ammo qamoqdan chiqqan Atamboyev Bakiyevni ko‘rgach, ushbu uchrashuvni tark etgan. U bu haqda gapirarkan, uni sobiq prezidentlar bilan emas, balki amaldagi davlat rahbari Sadir Japarov va Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev bilan uchrashuvga taklif qilishganini, uchrashuvda Bakiyevni ko‘rgach, uni tark etganini aytgan


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Sadir Japarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing