Qirg‘izistonda muddatli harbiy xizmat davri uzaytirilmoqda. Bishkek urushga tayyorlanyaptimi?

Olam

image
0:00
0:00
download

Qirg‘izistonda harbiy xizmat muddatini ikki oyga uzaytirish boshlandi. Tegishli qonun loyihasi Vazirlar Mahkamasi veb-saytida e’lon qilingan. 

“Kabar” agentligining ma’lum qilishicha, hujjatga ko‘ra, Qurolli Kuchlarning jangovar salohiyatini mustahkamlash chora-tadbirlari ko‘rilmoqda. 

Hozirda Qirg‘izistonda muddatli harbiy xizmatni o‘tash muddati 12 oyni tashkil etadi. 

“Ushbu chora-tadbirlar belgilangan muddatda yangi chaqiruv bo‘yicha harbiy xizmatchilarni harbiy xizmat asoslariga o‘rgatish, shu bilan birga, avvalgi muddatli harbiy xizmatchilarni muddatli harbiy xizmatda saqlab qolish imkonini beradi”, deyiladi qonun loyihasida. 

Shu sababli, muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun zarur bo‘lgan hollarda, belgilangan muddatdan ikki oygacha muddatga saqlab turish taklif etilmoqda.  Bunday o‘zgartirishlar “Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolarining umumiy harbiy burchi, harbiy va muqobil xizmat to‘g‘risida”gi qonunga kiritilmoqda. 

O‘zgartirishlar rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi. 

Vazirlar Mahkamasiga uch oy muddatda normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qonunga muvofiqlashtirish topshirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston

Baholaganlar

308

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made