Qirg‘izistonda mamont qoldiqlari topildi

Bu qiziq

image

Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyatidagi Jirg‘alon daryosi tekisligida karer qazish chog‘ida qadimgi mamontning tish suyagi va jag‘ining pastki qismining parchalari topildi.  Bu haqda Qirg‘iziston madaniyat vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, topilma oddiy ishchilar tomonidan topilgan, keyinchalik bu joyga professional arxeologlar yuborilgan. Suyaklarning yomon saqlanishi tufayli olimlar qoldiqlarning faqat bir qismini ajratib olishga muvaffaq bo‘lgan. Barcha tiklangan qismlar joyida tozalanib, saqlanib qolgan.

Tekshiruv davomida karerning qum-shag‘al konlaridan 3 metrdan 5 metrgacha chuqurlikda bir-biridan 140-150 metr masofada ikki xil joyda tish va pastki jag‘ning bo‘laklari topilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, suyaklar tashishdan keyin muzeyga o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida milodiy IX-XVI asrlarga oid xum idishlar topilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Issiqko'l qoldiq mamont

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing