Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Issiqko‘ldagi chempionatning ochilishida qatnashdi

Jamiyat

image

Bugun, 1 avgust kuni norasmiy Maslahat uchrashuvi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Birinchi xonim Ziroat Mirziyoyeva Issiqko‘lda suv-motor sporti bo‘yicha chempionatning ochilishida ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlari norasmiy Maslahat uchrashuvi dasturiga muvofiq, Issiqko‘lda suv-motor sporti bo‘yicha Qirg‘iziston Gran-prisining tantanali ochilish marosimida qatnashgan. Yetakchilar musobaqa ishtirokchilari va mehmonlarini qutlagan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga sportchilarning saralash poygasini kuzatgan.

Ma’lumot uchun, Gran-pri Xalqaro suv-motor sporti ittifoqi shafeligida o‘tkazilayotgan “suvdagi Formula-1” nomi bilan mashhur bo‘lgan F1H2O jahon chempionatining ikkinchi bosqichi hisoblanadi. Musobaqalarda har yili turli mamlakatlardan professional jamoa va sportchilar ishtirok etadi. Jahon chempionati bosqichi Markaziy Osiyoda ilk bor o‘tkazilmoqda.

Dasturdan mashg‘ulotlar, saralash bosqichi hamda soatiga 220 kilometrdan ortiq tezlikda harakatlanuvchi tezyurar qayiqlardagi asosiy poyga o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining norasmiy Maslahat uchrashuvida ishtiroq etgani haqida xabar berilgan edi. Ushbu uchrashuvdagi nutqida O‘zbekiston Prezidenti yagona tabiiy makonda yuzaga kelayotgan tahdidlar davlat chegaralarini tan olmasligini, ularga javob choralari ham umumiy bo‘lishi kerakligini bildirdi. Shuningdek, ilgari tarqoq bo‘lgan Markaziy Osiyo bugungi kunda birgalikdagi sa’y-harakatlar natijasida taraqqiyotning umumiy maqsadlari yo‘lida birlashayotganini aytdi. Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev va Ziroat Mirziyoyeva Cho‘lponota shahridagi besh yulduzli “Boku” mehmonxonasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing