Qirg‘izistonda koronavirus yuqtirganlar soni 100 ga yaqinlashdi

Olam

image

Qirg‘iziston Respublikasi cog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, bugun, 30 mart kuni koronavirus bilan kasallanishning 10 ta yangi holati aniqlandi. Bu haqda Respublika koronavirusga qarshi tezkor shtabi yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Kasallanganlarning barchasi Jalolobod viloyatida aniqlangan. Hozirgi kunga kelib mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar 94 nafarni tashkil qilmoqda.  Ulardan 49 tasi Jalolobod viloyatida, 33 tasi O‘sh viloyatida, 7 tasi Bishkek shahrida, 3 tasi Chuy viloyatida, 1 tasi Batken viloyatida va 1 tasi Norin viloyatida qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda ilk bor joriy yilning 18 mart kuni koronavirus bilan bog‘liq holat aniqlandi. 21 mart kuni Prezident Sooronbay Jeenbekov mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi.

Ma’lumot uchun, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti joriy yilning 11 mart kuni koronavirus kasalligini pandemiya, deb e’lon qildi. Hozirgacha ushbu virus dunyoning 177 mamlakatida aniqlangan. Kasallik dunyo bo‘yicha 724 436 nafar odamda qayd qilingan. Ularning 34 009 nafari vafot etgan, 152 065 nafari esa ushbu kasallikdan forig‘ bo‘lgan. Hozirda kasallik yuqtirgan 538 362 nafar odam karantinda yoki shifoxonada davolanmoqda. Ularning 511 643 nafari yoki 95 foizi qoniqarli ahvolda, 26 719  nafarining ahvoli og‘ir.

 
 

Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Koronavirus

Baholaganlar

54

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing