Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar 14 nafarga yetdi

Olam

image
Issiqko‘ldagi pansionatlar karantinga yopildi north_east

Issiqko‘ldagi pansionatlar karantinga yopildi

Qirg‘izistonda koronavirus bilan bog‘liq ikkita yangi holat aniqlandi. Bu haqda bugun, 21 mart kuni "Kabar" nashri xabar berdi.

"Qirg‘izistonda yana ikkita yangi koronavirus infeksiyasi aniqlandi", deydi koronavirus bo‘yicha bosh shtab vakili.

Ta’kidlanishicha, COVID-19 aniqlangan odamlarning biri Fransiyadan, ikkinchisi esa Umra ziyoratidan qaytgan Qirg‘iziston fuqarolari hisoblanadi. Ularning biri Bishkekdagi Oq-kema mehmonxonasida izolatsiya qilingan. Shunday qilib, Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 14 nafarga yetdi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 mart kuni Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida uch kishida COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Kasallanganlarning barchasi Saudiya Arabistonidan qaytgani ma’lum bo‘ldi. So‘ngra, joriy yilning 20 mart kuni yana 3 kishida ham ushbu infeksiya aniqlandi. Bugun, 21 mart kuni ertalab yana 6 kishida ushbu kasallik aniqlangani haqida xabar berildi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 286 696 nafarga yetdi. Bu kasallik tufayli 11 889 kishi vafot etdi. Bemorlardan 8 117  nafari yoki 4 foizining ahvoli og‘ir. Shu kungacha kasallik yuqtirganlarning 93 602 nafari bu virusdan tuzalgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Koronavirus

Baholaganlar

120

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing