Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni ortdi
Olam
−
21 mart 2020
15754Bugun, 21 mart kuni Qirg‘iziston Respublikasida yana 6 nafar bemorda koronavirus holati aniqlandi. Bu haqda Respublika sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Tolo Isoqov ertalab bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.
⠀
Ta’kidlanishicha, Botken tumanida 1 ta, Suzak viloyatida 5 ta holat aniqlangan. Shu bilan Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 12 kishiga yetdi. Tolo Isoqov bemorlarning barchasi shifokorlar nazoratida ekanligini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 mart kuni Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida uch kishida COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Kasallanganlarning barchasi Saudiya Arabistonidan qaytgani ma’lum bo‘ldi. So‘ngra, joriy yilning 20 mart kunida yana 3 kishida ham ushbu infeksiya aniqlangan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 276 665 nafarga yetdi. Bu kasallik tufayli 11 419 kishi vafot etdi. Bemorlardan 7 914 nafari yoki 5 foizining ahvoli og‘ir. Shu kungacha kasallik yuqtirganlarning 91 954 nafari bu virusdan tuzalgan.
LiveBarchasi