Qirg‘izistonda xavfsizlik kuchlari xodimlari va qurollangan terrorchi o‘rtasida otishma sodir bo‘ldi (video)
Olam
−
17 may 2023
16990Bugun, 17 may kuni tongda Qirg‘izistonning Chuy viloyati Dmitriyevka qishlog‘ida xavfsizlik xizmati xodimlari maxsus operatsiya vaqtida qurollangan terrorchini yo‘q qildi. Bu haqda “Sputnik Kirgizstan” xabar berdi.
Xabarlarga ko‘ra, Dmitriyevka qishlog‘ida Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmatining maxsus bo‘linmalari xodimlari qurollangan terrorchini yo‘q qilish bo‘yicha operatsiya o‘tkazgan. Operatsiya davomida terrorchi yo‘q qilingan, ikki nafar xafsizlik kuchlari xodimi esa yaralangan.
Otishma jinoiy guruh a’zolarini qo‘lga olish vaqtida qishloqdagi uylarning birida sodir bo‘lgan. Militsiya xodimlari poytaxt Bishkek va Kant shaharlariga olib boruvchi yo‘llarni to‘sib qo‘ygan.
Ma’lum bo‘lishicha, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari yaqinda bir nechta a’zolari qo‘lga olingan talonchilik guruhining boshqa vakillarini ushlashi jarayonida otishma kelib chiqqan. Voqealar sodir bo‘lgan joyga BTR (zirhli transportyor) yetib kelgan.
Avvalroq Qirg‘izistonning janubiy hududlarida talonchilik bilan shug‘ullangan jinoiy guruhning besh nafar a’zosi Toyota Land Cruiser zirhli mashinasini o‘qqa tutish, shuningdek, ishbilarmonlardan taxminan 5 million dollar o‘g‘irlashda ayblanib, hibsga olingan.
Bundan tashqari, ushbu jinoiy guruh yaqinda O‘shdagi pul ayirboshlash shoxobchasiga qilingan hujumda 3,5 million Qirg‘iziston somi (457,8 million so‘m) miqdoridagi pullarni o‘g‘irlaganlikda ham ayblanmoqda.
Otishma vaqtida jarohatlangan ikki nafar xavfsizlik kuchlari xodimi Issiq-ota tumani
LiveBarchasi