Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishiga tayyorlanganlar qo‘lga tushdi (video)

Olam

image

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari “ehtimoliy davlat to‘ntarishi ishtirokchilari”ni ommaviy hibsga oldi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “24.kg” agentligi xabar berdi.

Agentlik hisobotida qayd etilishicha, bir guruh shaxslar hokimiyatni kuch bilan egallab olishga tayyorlanayotgan bo‘lgan. Maxsus xizmat tomonidan aniq kim hibsga olingani ochiqlanmagan. Huquq-tartibot idoralari bu ma’lumotga hozircha rasmiy ravishda izoh bermagan.

Ta’kidlash joizki, bundan 13 yil oldin, ya’ni 2010 yilning aprel oyida Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishi bo‘lgan. Mamlakat tarixidagi eng qonli voqealarning birining oqibatida hokimiyat almashgan, davlat rahbariyatining deyarli barchasi qochib ketgan. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri Alibek Beyjanovning maqolasida o‘qishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Germaniya va Ozarbayjonda ham davlat to‘ntarishi o‘tkazishni rejalashtirgan bir guruh shaxslar qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston davlat to'ntarishi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing