Qirg‘izistonda cho‘chqa grippi ortidan 172 ta maktab karantinga yopildi
Olam
−
15 dekabr 2022
3498Qirg‘izistonda SARS va gripp bo‘yicha epidemiologik vaziyat tufayli 172 maktab karantinga olingan. Bu haqda Ta’lim va fan vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ularning 32 tasi Chuy viloyatida, 111 tasi Talas viloyatida, 3 tasi Issiqko‘l viloyatida, 6 tasi Jalolobod viloyatida, 12 tasi O‘sh viloyatida va 8 tasi Bishkekda.
Poytaxt hokimligining ma’lum qilishicha, poytaxtda 32 ta ta’lim muassasasi yopiladi. Bundan tashqari, epidemiologlarning ma’lumotlariga ko‘ra, Talas viloyatida 111 emas, 113 ta maktab yopilgan.
Karantin davrida mashg‘ulotlar onlayn tarzda o‘tkaziladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligining buyrug‘i asosida maktablar va bolalar bog‘chalari vaqtincha yopilgan bo‘lib, ularga mahalliy Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tomonidan tegishli buyruq berilgan.
Respublikada jami 2 ming 357 ta ta’lim muassasasi mavjud.
Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Qirg‘izistonda cho‘chqa grippining 118 ta holati qayd etilgan.
LiveBarchasi