Qirg‘izistonda Bosh prokurorning yana bir sobiq o‘rinbosari hibsga olindi
Olam
−
12:11
1655Qirg‘izistonning Bishkek shahrida mamlakat Bosh prokuraturasining Ichki xavfsizlik va ichki tergov departamentining sobiq katta prokurori qo‘lga olindi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.
Pervomayskiy tuman sudida ma’lum qilinishicha, u ommaviy tartibsizliklarga tayyorlanish, hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallab olish va uyushgan guruh tuzishda ayblanmoqda.
Sud uni 2025 yil 9 yanvargacha hibsda saqlashga qaror qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq bu ish bo‘yicha Prezident Sadir Japarov tomonidan ishdan bo‘shatilgan Bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari Kuban Adil o‘g‘li hibsga olingan edi. U Qirg‘iziston IIV Tergov xizmati tergovchisining arizasiga ko‘ra, tergov izolyatoriga joylashtirilgan. Bishkekning Pervomayskiy tuman sudi tergov talabini qanoatlantirib, ehtiyot chorasini tasdiqlagan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Quban Adil o‘g‘li bir qancha og‘ir jinoyatlarda, jumladan, Qirg‘iziston Jinoyat kodeksiga asosan “Ommaviy tartibsizliklar”, “Uyushgan guruh tuzish yoki unda ishtirok etish”, “Uyushgan guruhlar va jinoiy jamoalarni moliyalashtirish”, shuningdek, “Hokimiyatni zo‘rlik bilan egallab olish”da ayblanmoqda. Sudning 12 noyabrdagi qarori bilan u ham 2025 yil 10 yanvargacha hibsga olingan.
LiveBarchasi