Qirg‘izistonda bir necha urushga qarshi rossiyalik faollar hibsga olindi

Olam

image

Qirg‘iziston huquq-tartibot idoralari shu oyda urushga qarshi bo‘lgan uch nafar rossiyalik faolni hibsga oldi. Bu haqda “The Insider” xabar berdi.

Aytilishicha, hibsga olishlar 2 iyun kuni Qirg‘izistonda MDH davlatlarida davlatlararo qidiruvga berilgan shaxslarni tanib olish tizimi ishga tushirilgandan so‘ng amalga oshirilgan. Ichki ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, 10 kun ichida tashqi videokuzatuv kameralari yordamida MDH davlatlarida qidiruvda bo‘lgan 57 nafar shaxsni aniqlash mumkin bo‘lgan. 

Qo‘lga olinganlar orasida Rossiyada bezorilik ishi bo‘yicha sirtdan hibsga olingan “So‘l blok” faoli Lev Skoryakin, “Inson huquqlari uchun” harakatining sobiq matbuot kotibi Alena Krilova va harbiy ro‘yxatga olish bo‘limiga o‘t qo‘yish ishida ishtirok etgan Aleksey Rojkov (u allaqachon Rossiyaga yuborilgan va hozirda Yekaterenburgdagi tergov izolyatorida saqlanmoqda) ham bor.  

“Ular, albatta, Rossiya Federatsiyasi talabiga ko‘ra, hammani – jinoiy ish qilgan va qidiruvda bo‘lganlarni deportatsiya qiladilar. So‘ralmaganlar, agar migratsiya qonunchiligi buzilishi bo‘lmasa, odatdagidek qolishadi. Hattoki, ba’zilar jinoyatda ayblangani vaqidiruvda ekanini ham bilmagan. Bir tomondan, inson huquqlari bo‘yicha majburiyatlarga normal rioya qilingan holda, ular qochqin bo‘lsa, ikkinchi tomondan, kelishuvlar doirasida ular jinoyatchidir”, deydi huquq himoyachisi Gulshayir Abdirasulova. 

Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev esa bugun, 22 iyun kuni Rossiya hukumati iltimosiga binoan bir qator rossiyaliklarning Bishkekda hibsga olingani yoki Rossiyaga deportatsiya qilinishi haqida hech narsa bilmasligini aytgan.

“Hozir bu yerga ishlash uchun kelayotgan rusiyzabon yigitlar ko‘p, lekin men ular hibsga olinayotgani haqida bunday faktlarni bilmayman, lekin agar ular mavjud bo‘lsa, bu Rossiyaning ichki ishi. Lekin Bishkekdagi rusiyzabon aholidan kimlar bemalol harakatlanadilar, uchrashadilar, ishlaydilar, men bu yerda alohida muammo ko‘rmayapman, bunday faktlar yo‘q”, degan u Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning Qirg‘izistonga tashrifi chog‘ida hamrohlik qilayotgan nemis jurnalistining savoliga javob berar ekan.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston rossiyalik faollar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing