Qirg‘iziston YeOIIga a’zo bo‘lmagan davlatlarga chorva mollari eksportini taqiqladi

Olam

image

O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tijorat banklarini Qirg‘izistondagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lovlarni o‘tkazish bo‘yicha ogohlantirmoqda.

Qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Jabborov imzolagan va Markaziy bankka yo‘llangan xatda aytilishicha, Qirg‘iziston Hukumatining joriy yil 19 noyabrdagi qarori bilan mamlakatdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ayrim turlarini Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bojxona hududidan tashqari olib chiqishga vaqtinchalik taqiq o‘rnatilgan.

Qirg‘iz Respublikasi Hukumati qarori bilan tirik qoramollar, qo‘y va echkilarni 6 oy davomida eksport qilishga vaqtinchalik taqiq joriy qilingan.

“Yuqoridagilardan kelib chiqib hamda iqtisodiy muammolar va kutilmagan zararlarning oldini olishda ko‘maklashish maqsadida Qirg‘izistondan qaror ilovasida keltirilgan chorvachilik tovarlarini, shu jumladan, qoramol, qo‘y va echkilarni olib kelish bo‘yicha O‘zbekiston xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari tomonidan imzolangan import shartnomalarga muvofiq xorijiy hamkorlarga to‘lovlarni amalga oshirmaslik bo‘yicha respublikada faoliyat yuritayotgan tijorat banklariga tegishli ko‘rsatmalar berilishini maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz”, deya ogohlantirgan qo‘mita.

Qirg‘iziston Hukumatining ushbu cheklovi ichki bozorda go‘sht narxi ko‘tarilib borayotgani bilan izohlangan. Shuningdek, O‘zbekiston Qozog‘istonning chora mollari eksportiga o‘rnatgan cheklovi sabab Qirg‘izistondan chorva mollari sotib olishni ko‘paytirgani ham qayd etilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston EOII

Baholaganlar

124

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing