Qirg‘iziston O‘zbekistonga insonparvarlik yordam yubordi

Jamiyat

image

Qirg‘iziston hukumati Sardoba suv omborining yorilishi natijasida jabrlangan aholiga insonparvarlik yordami yubordi.

Insonparvarlik yordami ortilgan poyezd Qirg‘iziston Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Ibrohim Junusov va Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha vazirligining vakili kuzatuvi ostida Yangiyer shahrining “Yangi-Yangiyer” temiryo‘l stansiyasiga yetib keldi.

Bu yerda delegatsiyani viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev boshchiligidagi mas’ullar kutib oldilar.

Mazkur insonparvarlik yordamida 1000 tonna sement, 100 tonna guruch va 10 tonna o‘simlik yog‘i o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Sardobadagi falokatdan jabr ko‘rganlarga yordam berish uchun 100 ming dollar ajratmoqda. Gurbanguli Berdimuhamedov ham O‘zbekistonga Sardoba falokatidan zarar ko‘rgan hududlarni tiklashda zudlik bilan yordam berishga tayyorligini bildirgan.

Alisher Usmonov esa Sardobadagi falokatdan jabr ko‘rganlar uchun 15 million dollar xayriya qildi. Ushbu mablag‘ning 10 million dollari o‘zbekistonliklarga yordam uchun, 5 millioni esa Qozog‘istonning Turkiston viloyati Maqtaraal tumani aholisi uchun taqdim etildi.

Avvalroq, Sardobadagi falokatda salkam 6 ming turar joyga zarar yetgani, Sirdaryoda suv toshqinidan so‘ng 7,5 mingdan ortiq xonadonning gaz, 10 mingdan ortiq xonadonning elektr ta’minoti tiklangani, hududda talafot ko‘rgan aloqa ob’ektlari qayta ishga tushirilayotgani, toshqinlar oqibatida yo‘qolgan 4 mingdan ortiq uy hayvoni o‘z egalariga qaytarilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Qirg'iziston Sardoba suv ombori

Baholaganlar

105

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing