Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan muntazam aviaqatnovlarni tiklaydi

Jamiyat

image

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida muntazam aviaqatnoqlar tiklanishi kutilmoqda. Bu haqda 24.kg yozmoqda.

Qirg‘izistonda koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha Respublikasi shtabining ma’lum qilishicha, hozirda  Qirg‘iziston tarafi O‘zbekiston bilan doimiy reyslarni tiklash bo‘yicha ishlar olib bormoqda. 

Xabarga ko‘ra, 14 sentyabrdan boshlab Toshkent - Bishkek - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlarga start beriladi. 

Aviakompaniyalar ushbu yo‘nalishda aviachiptalarni sotishni boshlagan. Toshkentga parvozlar haftada bir marta amalga oshiriladi. 

Shuningdek, joriy yilning 17 sentyabridan Qirg‘iziston Qozog‘iston bilan parvozlarni tiklamoqda. Olmaota - Bishkek - Olmaota yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftasiga ikki marta amalga oshiriladi, keyinchalik ularning soni ko‘payadi.

Joriy oy boshida "Uzbekistan Airways" AJ 5 ta mamlakat bilan muntazam xalqaro aviaqatnovlarni qayta tiklayotgani haqida xabar qildi. Unga ko‘ra, 4 sentyabrdan boshlab O‘zbekistonda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlarni muntazam ravishda qayta tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilingan. 

Toshkent-Dubay-Toshkent - haftada bir marta 4 sentyabrdan juma kunlari; 

Toshkent-Frankfurt-Toshkent - haftada bir marta 10 sentyabrdan payshanba kunlari; 

Toshkent-Olmaota-Toshkent - haftada bir marta 11 sentyabrdan juma kunlari; 

Toshkent-Bishkek-Toshkent - haftada bir marta 14 sentyabrdan dushanba kunlari; 

Toshkent-Istanbul-Toshkent - 4, 7, 11, 14, 16, 18, 21, 23, 24, 25, 28 va 30 sentyabr.

Eslatib o‘tamiz, 2 sentyabr kuni Qirg‘iziston koronavirus pandemiyasi sabab yopilgan O‘zbekiston bilan chegaradagi o‘tkazish punktlar ishini qayta tikladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Qirg'iziston

Baholaganlar

38

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing