Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasining yana bir kilometriga kelishib olindi
Olam
−
18 fevral
4769Joriy yilning 11-18 fevral kunlari Tojikistonning Bo‘ston shahrida Qirg‘iziston va Tojikiston hukumatlari delegatsiyalarining chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tojikistonning "Xovar" milliy axborot agentligi ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, yig‘ilish yakunlari bo‘yicha tomonlar davlat chegarasi chizig‘ining yana 1,11 kilometri bo‘yicha kelishib olgan va tegishli bayonnoma imzolangan.
Ma’lumot uchun, ikki davlat chegarasining umumiy uzunligi 972 km.
Qayd etilishicha, so‘nggi bir necha oy ichida tomonlar chegaraning 200 kilometrga yaqin qismini kelishib olgan, keyingi uchrashuv Qirg‘iziston Respublikasi hududida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, mintaqada tomonlar Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tgan hamda delimitatsiya va demarkatsiya bo‘yicha bir qarorga kelgan. 2023 yilning noyabr oyida tomonlar 18 km, dekabr oyida esa 12 km chegara bo‘yicha kelishuvga erishgan edi. Joriy yilning 16 yanvarida esa davlatlar yana 38 km chegara bo‘yicha kelishib oldi. Fevral oyi boshida qirg‘iz-tojik chegarasi bo‘linishining 90 foizi yakunlangani ma’lum qilindi.
LiveBarchasi