Qirg‘iz-tojik chegarasi bo‘linishining 90 foizi yakunlandi

Olam

image

O‘tgan to‘rt oy davomida Qirg‘iziston va Tojikiston davlat chegarasi chizig‘ining qariyb 196 kilometrini loyihalash va bo‘linishi bo‘yicha kelishib oldi va bugungi kunga kelib uning o‘tish qismining deyarli 90 foizini ajratish ishlari yakunlandi. Bu haqda Tojikiston Prezidenti saytida xabar berildi. 

Bugun, 5 fevral kuni Prezident Imomali Rahmon Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Jeenbek Quluboyev bilan uchrashdi.

“E’tibor ikki davlat rahbarlari o‘rtasida Tojikiston-Qirg‘iziston davlat chegarasi chizig‘ini belgilash bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni rag‘batlantirishga doir erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish va bu borada qo‘lga kiritilgan so‘nggi natijalarga qaratildi”, deyiladi xabarda.

Imomali Rahmon chegara bilan bog‘liq muammolarni har tomonlama hal etish bo‘yicha bu boradagi ishlarni davom ettirish muhimligini ta’kidlagan.

Suhbat chog‘ida qirg‘iz-tojik munosabatlarining bir qator masalalari va ularni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan.

“Rahmon ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik rishtalari va yaxshi qo‘shnichilik tamoyillariga asoslangan munosabatlarda siyosiy muloqotni yanada faol rivojlantirish va ishonch muhitini mustahkamlash muhimligini ta’kidladi”, deyiladi Tojikiston davlat rahbarining matbuot xizmati xabarda. 

Shuningdek, transchegaraviy daryolarning suv resurslaridan birgalikda foydalanish, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, parlament va boshqa aloqalarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilib, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik ayrim mavzular ham muhokama qilingan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 16 yanvar kuni Qirg‘iziston va Tojikiston 38,3 km chegara bo‘yicha kelishib olgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Imomali Rahmon Qirg'iz-tojik chegarasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing