Qirg‘iziston “Tolibon”ni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqardi

Olam

image

Qirg‘iziston “Tolibon”ni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqardi. Bu haqda “Asia Plus” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi mamlakat hududida sudlar tomonidan faoliyati taqiqlangan terrorchi tashkilotlarning ro‘yxatini e’lon qildi. Hujjatda 20 ta tashkilot keltirilgan. Ular orasida “Tolibon” qayd etilmagan. 

“Afg‘onistonda yuz bergan so‘nggi o‘zgarishlar sabab, balki, “Tolibon” ro‘yxatdan chiqarilgandir. Sizlar batafsil ma’lumot berishi mumkin bo‘lgan sud organlariga va ro‘yxatni e’lon qilgan Bosh prokuraturaga murojaat qilishingiz lozim”, deydi Din ishlari bo‘yicha davlat komissiyasi rahbari o‘rinbosari Azamat Yusupov.

Qirg‘iziston Din ishlari bo‘yicha davlat komissiyasi raisining boshqa bir o‘rinbosarining qo‘shimcha qilishicha, Qozog‘istonda ham “Tolibon” terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatidan chiqarilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, KXSHT davlatlari ham ushbu masalani muhokama qilmoqda.

Qirg‘iziston sudlari tomonidan taqiqlangan tashkilotlar qatorida “Al-Qoida”, Sharqiy Turkiston islom harakati, Kurd xalq kongressi, “Hizbut-Tahrir” harakati bor.

Ma’lumot uchun, Pervomaysk tuman sudining 2006 yil sentyabrdagi qarori bilan “Tolibon” Qirg‘izistonda terrorchilik harakati sifatida tan olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘oniston muvaqqat hukumati O‘zbekiston Birlashgan Arab Amirliklari va “Tolibon”ning elchisini rasman tan olgan uchinchi davlat bo‘lganini ma’lum qilgandi. Prezident Qosim-Jomart To‘qayev KXSHTga a’zo davlatlar parlament palatalari spikerlari bilan uchrashuvda Qozog‘iston savdo-iqtisodiy hamkorlik tufayli “Tolibon” guruhini terrorchilar ro‘yxatidan chiqarganini ma’lum qilgandi. Joriy yilning 27 may kuni Rossiya Tashqi ishlar va Adliya vazirliklari mamlakat Prezidentiga “Tolibon”ni taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarilishi mumkinligi haqida ma’lumot kiritdi.  Tashqi ishlar vaziri buni “Tolibon” harakati Afg‘onistonda haqiqiy kuchga ega ekanligi bilan bog‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made