Qirg‘iziston Sirdaryoga gumanitar yordam jo‘natadi

Olam

image

Qirg‘iziston suv toshqinidan aziyat chekkan Sirdaryo viloyatiga gumanitar yordam ko‘rsatadi. Bu haqda bugun, 6 may kuni Qirg‘iziston Bosh vaziri o‘rinbosari Akram Madumarov ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin kunlarda insonparvarlik yordami qo‘shni davlatga yuboriladi. “Biz, albatta, gumanitar yordam ko‘rsatamiz. Hozir sement, issiq to‘shak va mahsulotlar yig‘ayapmiz”, dedi u.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, suv toshqini oqibatida 8 ta bolalar bog‘chasi, 16 ta maktab, 7 ta tibbiyot muassasasi, 1 ta kollej, 7 ta qabriston, 3 ta masjid, 13 ta respublika ahamiyatidagi ko‘prik, 52 km uzunlikdagi yo‘l, 1 ta dehqon bozori zarar ko‘rgan. Shuningdek, 99 ta ko‘p qavatli turar-joy binosiga qisman zarar yetgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Sardoba

Baholaganlar

349

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing