Qirg‘iziston Rossiyadan hammomda kaltaklangan migrantlar yuzasidan izoh talab qildi (video)

Olam

image

Bugun, 14 aprel kuni  Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Almaz Imangaziyev Moskvadagi hammomda fuqarolar tahqirlangani yuzasidan Rossiya Federatsiyasining mamlakatdagi Favqulodda va muxtor elchisi Sergey Vakunov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Ushbu holat 11 aprel kuni Moskva shahridagi “Bodrost” hammom majmuasida sodir bo‘lgan. Videoda ko‘rish mumkinki, xizmat libosida bo‘lgan bir guruh xodimlar hammomda dam olayotgan ko‘plab odamlarni yarim-yalang‘och holatda yerga yotqizib kaltaklagan.

Vazirlik tomonidan voqea bo‘yicha o‘rganish olib borib, kuch ishlatish asossiz bo‘lgan taqdirda, ushbu hodisa bo‘yicha Moskva shahri huquqni muhofaza qilish organlari vakillariga nisbatan tegishli choralar ko‘rish so‘ralgan va rasmiy nota topshirilgan.

Shuningdek, uchrashuvda Qirg‘iziston fuqarolarining huquqlarini himoya qilish va bundan buyon Qirg‘iziston-Rossiya ittifoqchilik va strategik sheriklik munosabatlariga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan bunday vaziyatga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ko‘rish so‘ralgan.

Ma’lumot uchun, ommaviy axborot vositalarida tarqalayotgan xabarlarga ko‘ra, mazkur hammomga O‘zbekiston va Qirg‘izistondan migrantlar ko‘p tashrif buyurgan va ayni holatda ham kaltaklanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Moskva Qirg'iziston hammom

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing