Qirg‘iziston Prezidenti Samarqandga keldi

Olam

image

Bugun, 14 sentyabr kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashida ishtirok etish uchun Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov Samarqandga keldi. 

Samarqand xalqaro aeroportida uni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

So‘ng oliy martabali mehmon Hazrati Xizr majmuasida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabriga gul qo‘yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Bugun Prezident Sadir Japarov Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv o‘tkazadi.  

Eslatib o‘tamiz, bugun Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy Samarqandga yetib keldi. 


Maqola muallifi

Teglar

ShHT Sadir Japarov

Baholaganlar

216

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing