Qirg‘iziston parlamentida o‘zbek sementi importiga qo‘yilgan taqiq yuzasidan tortishuv bo‘ldi
Olam
−
28 Sentabr
1483524 sentyabr kuni Qirg‘iziston Jogorku Keneshining yonilg‘i-energetika kompleksi qo‘mitasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Qirg‘iziston parlamenti deputati Alisher Kozuyev O‘zbekistondan sement import qilishga qo‘yilgan taqiqni olib tashlashni taklif qildi. Bu haqda “Kaktus Media” xabar berdi.
Yig‘ilishda Iqtisodiyot va savdo vazirining o‘rinbosari Choro Seyitov yo‘llar, ijtimoiy ob’ektlar va maktablar qurilishi tufayli sement yetishmovchiligi kuzatilganini, shuning uchun taqiq olib tashlanganini, biroq O‘zbekiston sementiga ta’qiq o‘z kuchida qolganini ma’lum qilgan
“O‘sh viloyatida bir necha sement zavodlari mavjud. O‘zbekiston sementi mahalliy mahsulotlarga raqobat qilib, Qirg‘iziston ishlab chiqarishini yo‘q qilishi mumkin. Bizning zavodlar ishlamay qoladi, soliq to‘lovlari ham kamayadi. O‘z bozorimizni himoya qilish uchun mexanizm kiritdik,” deya ta’kidlagan vazir o‘rinbosari.
Deputat Kozuyev esa unga javoban, mamlakatda yetishmovchilik borligini vazirning o‘zi aytganini, O‘sh viloyatidagi ikki-uch zavod bozor ehtiyojlarini qondira olmasligini ma’lum qilgan.
“O‘zbekiston sementining narxi biznikidan past. Biz odamlar haqida o‘ylashimiz kerak, ikki-uch shaxsning manfaatlari haqida emas. Raqobat kuchayganda, narxlar pasayadi. Ular esa monopolistlar, o‘z istagi bo‘yicha narxlarni belgilaydi. Ular uchun taqiq kiritish noto‘g‘ri. Taqiq kiritilgandan so‘ng, odamlar oshirilgan narxda sement sotib olishga majbur bo‘ldi. Hatto bir som farq ham katta ta’sir ko‘rsatadi,” dedi u.
“Kimni boqishimiz kerak, O‘zbekiston kompaniyalarinimi yoki o‘zimiznikilarnimi?” deya savol qo‘ygan Seyitov.
Deputat esa bunga javoban avvalo fuqarolarning huquqlarini himoya qilish kerakligini ta’kidlagan.
LiveBarchasi