Qirg‘iziston fuqarolarini Rossiyaga bormaslikka chaqirdi

Olam

image

Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi fuqarolariga zarurat bo‘lmasa, Rossiyaga bormaslikni tavsiya etdi. Bu haqda vazirlikning konsullik boshqarmasi boshlig‘i Bakit Qodirov ma’lum qildi. 

“Ayni paytda Rossiyada terrorizmga qarshi kurash olib borilmoqda. Mamlakatdan chiqish va kirishda tekshiruvlar kuchaytirildi. Shu sababli elchixona Rossiyaga kirishni oldindan rejalashtirishni va zarurat bo‘lmasa, barcha diasporalar ogohlantirganiday bormaslikni tavsiya qiladi. Antiterror choralari qancha davom etishi haqida ma’lumotga ega emasmiz. Ba’zi fuqarolar “qora ro‘yxat”da yoki ular huquqbuzarlik sodir etgan bo‘lsa, mamlakatga kiritilmaydi”, degan u.

Shuningdek, Qodirovga ko‘ra, Rossiya tomoni chegarani kesib o‘tishda tekshiruvlarni kuchaytirgan. Hozirda Moskvadagi teraktdan keyin migrantlar yashaydigan yotoqxonalarda reyd boshlangan. Ularning yashash joylari tintuv qilinib, qurol-yarog‘ bor-yo‘qligi tekshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskvadagi “Krokus Siti Holl” savdo markazida terakt sodir etilganidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda asli qirg‘izistonlik 15 yoshli Islom ismli o‘smir bolaning ko‘plab insonlar hayotini saqlab qolgani aks etgan videolar tarqalgandi.

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Qirg'iziston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing