Qirg‘iziston dori ishlab chiqarishni to‘xtatishi mumkin

Olam

image

Qirg‘iziston Respublikasi 2026 yildan dori ishlab chiqarishni to‘xtatishi mumkin. Bu haqda bugun, 19 fevral kuni Savdo-sanoat palatasida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida ma’lum qilindi.

Bildirilishicha, Qirg‘izistonda mahalliy ishlab chiqarilgan dori vositalarining ulushi juda past bo‘lib, taxminan 2-3 foizni tashkil etadi. Farmatsevtika va tibbiy faoliyat qo‘mitasi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, mahalliy dori vositalari ishlab chiqaruvchilarning faoliyati 2026 yil boshida to‘xtatilishi mumkin.

Bu qarorning asosiy sabablari dori ishlab chiqaruvchi korxonalar guvohnomalarining amal qilish muddati tugashi, shuningdek, ro‘yxatga olish ma’lumotlarini Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqi (YeOII) talablariga muvofiqlashtirish uchun vaqt yo‘qligi va boshqa masalalar bilan bog‘liq.

Ta’kidlanishicha, Qirg‘iziston Respublikasida jami 6 mingga yaqin dori vositalari milliy tartib asosida ro‘yxatga olingan. Ulardan, 2025 yil fevral holatiga ko‘ra, faqat 200 tasi YeOII talablariga javob bera oladi xolos. Bu 2026 yilda dori vositalari bilan bog‘liq jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin.

Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga kiruvchi mamlakatlarning yirik farmatsevtika birlashmalari Rossiya hukumatidan dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarini YeOII qoidalariga muvofiqlashtirish jarayonlarini tezlashtirishni so‘rab, 2026 yil 1 yanvardan YeOIIga a’zo mamlakatlar aholisini dori vositalari bilan ta’minlashda uzilishlar bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston Respublikasida istiqomat qiluvchi shaxslar tomonidan O‘zbekiston hududiga davlat chegarasi orqali 87 turdagi noqonuniy  dori vositalarini o‘tkazayotgan paytda Davlat xavfsizlik xizmati hamda bojxona organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangani haqida xabar berilgan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qirg'iziston dori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing