Qirg‘iziston harbiylari Rossiya yordamida Qozog‘istonga kiritildi 

Olam

image

Rossiya Aerokosmik kuchlarining Il-76 harbiy-transport samolyoti KXSHT tinchlikparvar kuchlari tarkibidan Qirg‘iziston Qurolli Kuchlarining harbiy texnikasi bilan tinchlikparvar kontingentini Qozog‘istonga yetkazdi. Bu haqda RF Mudofaa vazirligi xabar bergan.  

“Rossiya harbiy-transport aviatsiyasi Qirg‘iziston Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini Qozog‘iston Respublikasiga o‘tkazishni amalga oshirdi”, deyiladi xabarda. 

Qayd etilishicha, Qirg‘iziston Qurolli Kuchlari tinchlikparvar kontingenti standart harbiy texnika bilan Qirg‘iziston Respublikasining Kant aerodromidan Qozog‘iston Respublikasining Olma-ota aerodromiga Rossiya Aerokosmik kuchlarining Il-76 harbiy-transport samolyoti orqali yetkazilgan. 

Bugun, 7 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari, Qirg‘iziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Toshiyev Qirg‘iziston Qozog‘istonga 150 nafar harbiy xizmatchi, shuningdek, 19 birlik avtomobil va bronetexnika yuborayotganini ma’lum qilgandi.  

“Harbiy xizmatchilarimiz Qozog‘iston hududidagi mitinglarni tarqatishda qatnashmaydi, balki strategik ahamiyatga ega davlat ob’ektlarini qo‘riqlash bilan shug‘ullanadi”, deb tushuntirgan Toshiyev. 

Uning ta’kidlashicha, Respublika KXSHTning to‘laqonli a’zosi bo‘lib, Qozog‘iston rasmiylarining yordam so‘rab qilgan murojaatini e’tiborsiz qoldira olmaydi. 

Eslatib o‘tamiz, KXSHT orqali Qozog‘istonga Rossiyadan 3 ming, Belarusdan 500, Tojikistondan 200, Qirg‘izistondan 150, Armanistondan 100 nafar askar kiritilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Qirg'iziston

Baholaganlar

924

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing