Qirg‘iz-tojik chegarasida qurolli to‘qnashuv yuz berdi

Olam

image

Qirg‘izistonning Botken viloyatida qirg‘iz-tojik chegarasida qurolli to‘qnashuv yuz berdi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.

Hodisa bugun, 6 avgust kuni soat 5:00 larda yuz bergan.

“Otishma natijasida Qirg‘izston Respublikasi Davlat chegara xizmati zastava rboshlig‘i jarohatlangan. U qo‘lidan yaralanib, shifoxonaga yotqizilgan. Ayni vaqtda chegarada otishma bo‘lmayapti”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, har ikki davlat o‘rtasida 976 kilometrlik chegara mavjud bo‘lib, shundan faqat 504 kilometri bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Chegaraning qolgan hududida esa vaqti-vaqti bilan kelishmovchiliklar ro‘y berib turadi.

Qirg‘iz-tojik chegarasida nizolar, otishmalar tez-tez sodir bo‘lib turadi, sababi ikki davlat o‘z chegara hududlarini belgilashni kelisha olmagan, jumladan, muammoli Vorux qishlog‘i borasida ham murosaga kelinmagan. Belgilab olinmagan hududlarda yer, suv, chegarani noqonuniy kesib o‘tish va etnik to‘qnashuvlar kuzatiladi. Nizolar vaqtida tosh bilan bir-biriga hujum qilish ba’zan esa o‘qotar qurollardan foydalanib otishmalar sodir etish holatlari kuzatiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston-Tojikiston chegaar

Baholaganlar

526

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing