Qirg‘iz parlamenti spikeri Bishkekni derusifikatsiya qilish taklifi bilan chiqdi

Olam

image

Qirg‘iziston parlamenti spikeri Nurlan Shakiyev mamlakat rahbariyatining davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha rejalari munosabati bilan respublika poytaxtidagi barcha tumanlar nomlarini zudlik bilan qirg‘iz tiliga o‘zgartirishga chaqirdi. Bu haqda u bugun, 25 noyabr kuni Bishkekda mamlakatning umumxalq qurultoyidagi chiqishi chog‘ida aytib o‘tdi.

“Bishkekning barcha tumanlarini zudlik bilan qayta nomlash zarur, Qirg‘izistondagi ba’zi aholi punktlari hali ham boshqa tillarda nomlanadi”, deydi u.

Unga ko‘ra, Qirg‘izistonda davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha rejalar hali to‘liq amalga oshirilmagan.

Avvalroq Qirg‘iziston parlamentining yana bir qancha deputatlari ham xuddi shunday tashabbus bilan chiqib, respublika poytaxtining barcha tumanlariga qirg‘izcha nomlar berishni taklif qilgan edi. Hozirda Bishkek tarkibiga Lenin, Pervomay, Oktyabr va Sverdlov tumanlari kiradi.

Qirg‘iz tili mamlakatda davlat tili, rus tili mamlakatda rasmiy til deb e’lon qilingan. Ijtimoiy so‘rovlarga ko‘ra, ayni paytda Qirg‘iziston aholisi deyarli butun mamlakatda kundalik hayotda davlat tilidan foydalanmoqda. Bishkek, unga tutash Chuy viloyati, shuningdek, Issiqko‘l viloyatining kurort hududlari bundan mustasno.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston

Baholaganlar

377

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing