Qibrayda XIX asrga tegishli ikki dona tangani 145 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
3-sahifa
−
14 aprel 2023
8236Toshkent viloyatida 1876 yilda ishlab chiqarilgan oltin tangalarni 145 ming dollarga sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Departamentning Qibray tuman bo‘limi va DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqarolar B.A. va M.U. 1876 yilda ishlab chiqarilgan “Gosudarinya imperatritsa Mariya Feodorovna” va "25 rubley" yozuvlari tushirilgan umumiy og‘irligi 76,2 gramm bo‘lgan 2 dona oltin tangalarni 145 000 AQSH dollariga sotayotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani hududida bo‘lgan qadimiy Axsikent shahri xarobalaridan Qoraxoniylar davriga oid devoriy suratlar, Damashq qilichlari hamda noyob tangalar topilgan edi.
LiveBarchasi